Andijon viloyati IIB Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi xodimlari tomonidan “Kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi” davomida o‘tkazilayotgan targ‘ibot-tushuntirish tadbirlari nodavlat-notijorat tashkilotlarni ham qamrab olmoqda
Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-fevraldagi PF-37-son farmoni bilan tasdiqlangan Davlat dasturi 4-ilovasi 30-bandi (fuqarolarning kiberjinoyatlar qurboniga aylanishining oldini olish hamda kiberjinoyatlarga qarshi kurashishda fuqarolarda «kibermadaniyat»ni shakllantirish) ijrosini taʼminlash maqsadida joriy yilning 1 iyulidan 31 iyuliga qadar Ichki ishlar vazirligi masʼulligida Markaziy Bank, Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan Respublikamiz hududida, jumladan Andijon viloyatida ham “Kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi” kompleks targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda.
Ushbu kompleks targ‘ibot tadbirlarida aholining barcha ijtimoiy qatlamlarini, barcha nodavlat-notijorat tashkilotlarini qamrab olish belgilanganligidan kelib chiqib, Andijon viloyati IIB Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi xodimlari tomonidan 2024 yilning22 iyul kuni “Wester school” o‘quv markazi xodimlari va o‘quvchilari uchun,23 iyul kuni “English life” nodaalat taʼlim muassasasi xodimlari va o‘quvchilari uchun “Bugungi kunda sodir etilayotgan kiberjinoyat turlari” mavzusida qisqa muddatli o‘quv seminari tashkil etildi.
O‘quv-seminarida ishtirokichlarga zamonaviy xavf-xatar sifatida keng yoyilayotgan kiberjinoyatlar qanday sodir etilayotganligi, kundalik turmushda ularga qarshi turishda qanday samarali usul va vositalardan foydalanish mumkinligi hamda kibermakonning boshqa shakllari har tomonlama yoritib berildi.
Ko‘tarinki ruhda o‘tgan o‘quv-seminari ishtirokchi va boshqa qatnashchilarni qiziqtirgan savollarga javob berish asnosida boshlangan o‘quv-seminari yakuni o‘ziga xos davra suhbatiga aylanish bilan nihoya topdi.
Ayni paytda, Andijon viloyati IIB Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi tomonidan tizimli va yuqori saviyada o‘tkazilayotgan bu kabi kompleks targ‘ibot tadbirlarini izchil davom ettirilmoqda.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati