Andijon viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan Andijon davlat chet tillari institutida talaba-yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikni oldini olishga qaratilgan ochiq muloqot o‘tkazildi
Andijon viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari podpolkovnik A.I.Mirzayev tomonidan Andijon davlat chet tillari institutida talabalar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.
Yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikni oldini olish maqsadida tashkil etilgan muloqotda, bugungi kunda viloyatimizdagi mavjud oliy o‘quv yurtlari talabalari tomonidan sodir etilgan ayrim jinoyatlar aniq misollar va tahlillar asosida tushuntirib o‘tildi.
Tadbir davomida jinoyat sodir etgan ayrim yoshlarning achchiq qismati aks etgan taʼsirchan videorolik ham namoyish etilib, bu kabi qilmishlar uchun jazoning muqarrar ekanligidan barcha ogohlikka chaqirildi.
Ochiq muloqotda talabalar ham so‘z olishib, o‘zlarini qiynayotgan savollar va takliflarini o‘rtaga tashladilar.
Yoshlar o‘rtasida o‘tkazilayotgan bu kabi uchrashuv-muloqotlardan ko‘zlangan asosiy maqsad ular tomonidan sodir etilishi mumkin bo‘lgan jinoyat va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olishdir.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati