13 Mart 2024 yil
955
Andijon viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi hamda uning quyi tizimlari tomonidan joriy yilning o‘tgan 2 oyida amalga oshirilgan ishlar va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar sarhisob qilindi
Bo‘lib o‘tgan sarhisob yig‘ilishda, Tergov bo‘linmalari tomonidan 2024 yilning o‘tgan 2 oyida amalga oshirilgan ishlar va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar muhokama qilinib, kelgusida bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.
Shu bilan bir qatorda, yig‘ilishda xodimlar o‘rtasida qonunchilik va xizmat intizomi masalalari, ayrim Tergov bo‘linmalari tomonidan tergov qilingan jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan kiritilgan xususiy ajrimlar hamda O‘zbekiston Respublikasi JPKning 416-417-moddalariga asosan chiqarilgan ajrimlar muhokama qilindi.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati