Andijon viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi hamda uning quyi bo‘linmalari tomonidan joriy yilning o‘tgan 6 oy ish yakunlariga bag‘ishlangan hisobot yig‘ilishi o‘tkazildi
Joriy yilning 24-iyul kuni Andijon viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi hamda uning quyi bo‘linmalari tomonidan joriy yilning birinchi yarim yilligi ish yakunlariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Videoselektor tarzda o‘tkazilgan hisobot yig‘ilishida 2024-yilning o‘tgan 6 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar tanqidiy ruhda muhokama qilinib, kelgusida bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab olindi.
Tadbir so‘nggida tergov sohasida uzoq yillar samarali faoliyat olib borgan, Andijon shahri bo‘yicha ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi huzuridagi Terov guruhi xodimi podpolkovnik Mo‘ydinov Shukrulloni nafaqaga kuzatish marosimi ham o‘tkazildi.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati