Andijon viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi va uning quyi tergov bo‘linmalaridagi surishtiruvchi va tergovchilar ishtirokida xizmat intizomi hamda qonunchilikka rioya etish yuzasidan yig‘ilishlar o‘tkazildi
Andijon viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi va uning quyi tergov bo‘linmalaridagi tergovchi va surishtiruvchilar bilan "Qonuniylikni taʼminlash va temir intizom oyligi" doirasida xizmat va ijrochilik intizomi hamda qonunchilikka rioya etish masalalari yuzasidan yig‘ilishlar bo‘lib o‘tdi.
Andijon viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari - Tergov boshqarmasi boshlig‘i, podpolkovnik Ilhom Fayzullayev tomonidan yig‘ilishlar 4 ta hududlarga bo‘lib olingan holda o‘tkazildi.
Bunda tergovchi va surishtiruvchilar tomonidan yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar muhokama qilinishi bilan bir qatorda ularni qiynab kelayotgan muammolar o‘rganilib, har biri bilan yakka tartibda suhbatlar tashkil etildi.
Yig‘ilish davomida "Qonuniylikni taʼminlash va temir intizom oyligi"ni samarali tashkil etish, xizmat intizomi va qonuniylikni mustahkamlash, turli salbiy illatlarning oldini olish, har bir yurituvda bo‘lgan jinoyat ishiga nisbatan masʼuliyat bilan yondashish kerakligi alohida taʼkidlandi.
yig‘ilishlar so‘ngida soha xodimlari oldida turgan ustuvor vazifalar to‘g‘risida ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati