27 Avgust 2024 yil 1321

Andijon viloyati IIB JXX Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi tomonidan oilalar mustahkamligini taʼminlash hamda jinoyatchilikni barvaqt oldini olish borasida bir qator amaliy ishlar olib borilmoqda

Andijon viloyati IIB boshlig‘i polkovnik A.T.Rahmatullayevning topshirig‘iga asosan viloyat hududida oila-turmush munosabatlari doirasidagi jinoyatlarni barvaqt oldini olish, nizolashayotgan oilalarni o‘z vaqtida aniqlash, ularning muammolarini “Mahalla – sektor – tuman - viloyat” tamoyili asosida hal etish choralarini ko‘rish borasida bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, Andijon viloyati IIB JXX Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasining hududiy profilaktika inspektorlari tomonidan “Mahalla yettiligi” vakillari bilan hamkorlikda xonadonma-xonadon yurish orqali oilalarni o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Tadbirlar davomida, o‘zaro nizolashayotgan 1384 ta oilalar “Oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash komissiya”sida mahalla faollari ishtirokida ko‘rib chiqilib, 611 ta oilalarning notinchligiga barham berildi.

Tushuntirish ishlari natijasida, 467 ta aliment, 15 ta uyga kiritish hamda 291 ta mol-mulk bilan bog‘liq masalalar ijobiy hal etilishiga erishildi.   

O‘rganishlar davomida, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 4 yanvardagi “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 3-sonli qaroriga asosan tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan 3171 nafar shaxslarga “Himoya order”lari berildi.

Shuningdek, “Himoya order”lari talablarini buzgan 79 nafar shaxslarga O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 206 prim 1-moddasiga asosan maʼmuriy choralar ko‘rildi.

Shu bilan birga, jinoyat va fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarda nizolashayotgan 46.086 ta oilalar ro‘yxatlari shakllantirilib, ular bilan manzilli profilaktik tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech