7 Fevral 2024 yil 1339

Andijon viloyati IIB JXX Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi tashabbusi bilan Izboskan tumanida “Nizolashayotgan oilalar: muammolar va yechimlar” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi

Ijtimoiy hayotda, shaxslararo munosabatlarda ayrim alohida nizolar, o‘zaro kelishmovchiliklar bo‘lib turishi muqarrar. Odatda nizo deb qarama-qarshi yo‘nalgan qarashlarga noxush his-kechinmalar bilan bog‘liq guruhlarga yoki shaxslararo munosabatlar orqali ifodalanuvchi to‘qnashuvlarga aytiladi.

Nizo natijasidagi salbiy holatlar shaxsning hissiyoti, xatti-harakatlari, tafakkuri va hatto xarakterida maʼlum o‘zgarishlar sodir etadi. Bu o‘zgarishlar shaxsning xulq-atvorida namoyon bo‘lib,  mazkur subyekt  qatnashayotgan boshqa vaziyatlarga ham tarqaladi va o‘zaro munosabatlarning  keng sohalarini egallay boshlaydi. Masalan, qo‘rquv va xavf muhitida  tarbiyalangan odam keyinchalik xuddi shu muhitning manbaiga aylanishi  ehtimoldan xoli emas. U hatto o‘z bolalarini ham shunday muhitda tarbiyalaydi va oilani  ham ana shu uslubda boshqaradi.

Joriy yilning 7 fevral kuni Andijon viloyati IIB Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi tashabbusi bilan Izboskan tumani IIB maʼmuriy  binosida Izboskan  tumanidagi  fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarga daʼvo arizasi bilan murojaat etgan nizolashayotgan oilalar ishtirokida “Nizolashayotgan  oilalar: muammolar  va yechimlar” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Mazkur tadbirda O‘zbekiston  Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmati boshlig‘i, polkovnik B.E.Berdaliyev, Andijon viloyati IIB Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari N.A.Mo‘minova, Fuqarolik ishlari  bo‘yicha Izboskan tumanlararo sud sudyasi F.T.Mirzayev, Izboskan tumani Fuqarolik holati dalolatlarini yozish organi mudirasi Yo.M.Komilova, xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius D.S.Xotamovalar ishtirok etdilar.

Tadbir avvalida, ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan nizolashayotgan oilalar bilan hamkorlikda olib borilayotgan qator chora-tadbirlarga qaramasdan aynan shu toifadagi shaxslar tomonidan oila-turmush doirasida maʼmuriy huquqbuzarlik va jinoyatlar sodir etilayotganligi, bu esa jamoatchilikni tashvishga solayotganligi haqida so‘z yuritildi.  

Shuningdek, bugungi kunda fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarga “Nikohdan  ajratish”, “Aliment undirish”, “Aliment miqdorini kamaytirish”, “Aliment miqdorini ko‘paytirish”, “Otalikka eʼtiroz bildirish”, “Uyga kiritish”, “Ota-onalik huquqidan mahrum qilish”, “Ota-onalik huquqidan  cheklash”, “Bolani qaytarish” haqidagi daʼvo arizasi bilan murojaat qilgan oilalar nizolashayotgan oilalar hisoblanishi, yuqoridagi mazmunda daʼvo arizalari bilan murojaat qilgan oilalar to‘g‘risida Andijon viloyati bo‘yicha statistik maʼlumotlarni keltirib o‘tildi.

Bundan tashqari, nizolashayotgan oilalar o‘rtasidagi muammolar, ularni qonuniy hal etish usullari haqida ham batafsil maʼlumotlar yetkazildi.

Tadbir so‘nggida mutaxassislar fuqarolarni qiziqtirgan savollarga atrorflicha javoblar berishdi.      

O‘tkazilayotgan bunday tadbirlar nizolashayotgan oilalarning muammolarini bartaraf etish hamda ular o‘rtasida sodir etilishi mumkin bo‘lganuquqbuzarlik va jinoyatlarning oldini olishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.   

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech