19 Yanvar 2024 yil 1545

Andijon viloyati IIB JXX Probatsiya boshqarmasi tashabbusi bilan viloyat miqyosida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish bo‘yicha probatsiya hisobidagi shaxslar bilan keng qamrovli tarbiyaviy profilaktik tadbirlar o‘tkazilmoqda

Joriy yilning 18-yanvar kuni Marhamat tumanida probatsiya hisobidagi shaxslar ishtirokida profilaktik tadbir tashkil etildi. Tadbir davomida 120 nafardan ziyod probatsiya hisobida turgan shaxslarni ijtimoiy hayotga moslashtirish, bandligini taʼminlash, eng avvalo, ular tomonidan takroriy jinoyatlar sodir etilishining barvaqt oldini olish bo‘yicha ochiq muloqot hamda tarbiyaviy profilaktik suhbatlar o‘tkazildi.

Shuningdek, har bir suhbatlashilgan mahkumlardan kelgusida tayinlangan jazolarni belgilangan tartibda o‘tashlari, jinoyat va maʼmuriy huquqbuzarliklar sodir etmasliklari, jazo o‘tashdan qasddan bo‘yin tovlash holatlari ro‘y bergan taqdirda jazo og‘irroq turdagisiga almashtirilishi haqida rasman ogohlantirildilar.

Tadbir yakunida “Mehnat yarmarkasi” tashkil etilib, probatsiya hisobida turgan shaxslarni 11 nafarining bandligi taʼminlandi hamda yana 5 nafariga ishga joylashish uchun yo‘llanmalar berildi.

Hozirda, bu boradagi tarbiyaviy profilaktik tadbirlar viloyat miqyosida davom ettirilmoqda.

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech