Andijon viloyati IIB JXX Probatsiya boshqarmasi va uning joylardagi hududiy bo‘linmalari shaxsiy tarkibi ishtirokida tanqidiy muhokama yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari general-mayor D.Nazarmuxamedovning topshirig‘iga asosan Tergov, Yo‘l harakati xavfsizligi, Huquqbuzarliklar profilaktikasi, Tezkor-qidiruv xizmati hamda probatsiya boshqarmalarining xodimlari bilan hafta mobaynida ijro nazorati yuzasidan tanqidiy muhokamaviy yig‘ilish o‘tkazilishi belgilangan bo‘lib, joriy yilning 22-mart kuni boshqarma maʼrifat zalida o‘tgan 2023-yilning 12 oyida ichki ishlar organlarlarida xizmat intizomini mustahkamlash borasida amalga oshirilgan ishlar va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar asosida Andijon viloyati IIB JXX Probatsiya boshqarmasi va uning joylardagi hududiy bo‘linmalari shaxsiy tarkibi ishtirokida tanqidiy muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi.
Andijon viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari podpolkovnik Jonibek Davronov raisligida bo‘lib o‘tgan majlisda xizmat intizomi va qonuniylikka amal qilish borasida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar atroflicha muhokama qilinib, kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab olindi.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati