5 Fevral 2024 yil 1257

Andijon viloyati IIB JXX Jamoat tartibini saqlash boshqarmasida o‘qotar va ov qurol egalari bilan ov qurolini saqlash va xavfsizlik qoidalariga rioya qilish bo‘yicha targ‘ibot ishlari olib borildi

Andijon viloyati IIB JXX Jamoat tartibini saqlash boshqarmasi, Davlat xavfsizlik xizmati Andijon viloyati boshqarmasi, O‘zbekiston ovchi va baliqchi sport birlashmasining Andijon viloyati bo‘limi hamda viloyat Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi masʼul xodimlari bilan hamkorlikda ro‘yxatda turuvchi shaxsiy o‘qotar va ov qurol egalari bilan Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 20-noyabrdagi “Jamoat xavfsizligini taʼminlash sohasida ovchilar jamoat birlashmalari faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 609-son qarori ijrosi yuzasidan o‘quv mashg‘uloti tashkil etildi.

Bundan tashqari, shaxsiy o‘qotar ov quroli bor fuqarolar bilan targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borilib, ov qurolini saqlash va xavfsizlik qoidalariga rioya qilish bo‘yicha ovchilarga zarur tushuntirishlar berildi.

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech