Andijon viloyati IIBda afv etilgan fuqarolarning muammolarini o‘rganishga qaratilgan uchrashuv-muloqot tashkil etildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining shu yilning 8-apreldagi "Ozodlikdan mahrum etish jazosini o‘tayotgan, qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan va tuzalish yo‘liga qatʼiy o‘tgan bir guruh shaxslarni afv etish to‘g‘risida"gi Farmoni asosida 29 nafar andijonlik fuqaro afv etildi.
Andijon viloyati IIBda boshqarma boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari polkovnik F.Giyasov boshchiligida afv etilgan fuqarolar bilan uchrashuv-muloqot o‘tkazildi. Tadbirda viloyat hokimligi, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, bandlik, sog‘liqni saqlash hamda boshqa hamkor tashkilotlarning vakillari qatnashishdi. Uchrashuv davomida chiqarilgan farmon xalqimizga xos ezgulik, bag‘rikenglik, insonparvarlik, mehr-oqibat va kechirimli bo‘lish kabi olijanob fazilatlarning yorqin ifodasi ekanligi qayd etilib, ularning muammolari yaqindan o‘rganildi.
Jazoni ijro etish muassasalaridan qaytgan hamda IIO Probatsiya guruhlari nazoratida ozodlikni cheklash jazosini o‘tab qaytgan shaxslarga moddiy yordam ko‘rsatish, tadbirkorlik loyihalarini amalga oshirishga oid masalalarni hal etish yuzasidan zarur choralar belgilandi.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati