29 May 2024 yil 2423

Andijon viloyati IIBda aholi murojaatlari bilan ishlashga masʼul xodimlar ishtirokida o‘quv-seminari o‘tkazildi

Joriy yilning 29-may kuni Andijon viloyati IIBda boshqarma sohaviy xizmatlarida murojaatlar yo‘nalishi bo‘yicha masʼul xodimlar, shahar- tuman IIB Murojaatlar bilan ishlash guruhi katta inspektorlari hamda ijtimoiy profilaktika katta inspektorlari ishtirokida o‘quv-seminari o‘tkazildi.

O‘quv seminarda O‘zbekiston Respublikasi IIVning 2024-yil 24-aprel kungi “Ichki ishlar organlarida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 200-sonli buyrug‘ining mazmun mohiyati batafsil tushuntirildi.

Xodimlarning xizmat va ijrochilik intizomiga qatʼiy amal qilishlari, fuqarolar bilan har qanday vaziyatda ham xushmuomala bo‘lishlari, tamagirlik va poraxo‘rlikka yo‘l qo‘ymasliklari yuzasidan tilxatlar olindi.

Shuningdek, boshqarma boshlig‘i tomonidan joriy yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Virtual qabulxonasiga kelib tushib, tushuntirish hamda huquqiy maslahatlar orqali hal etilgan murojaatlarni qayta taftishdan o‘tkazib ijobiy hal etish yuzasidan bergan topshiriqlari barcha xodimlarga yetkazildi.

Bundan tashqari, Prezident Administratsiyasi, IIV rahbariyati ko‘rsatmasi hamda topshiriqlari ijrosini taʼminlash maqsadida joriy yilning 7 may kunidan boshlab viloyat prokuraturasi, Sud, Adliya, Soliq va ichki ishlar boshqarmasi, Xalq qabulxonalari hamkorligida o‘tkazilib kelinayotgan sayyor qabullarga aholi ishtirokini namunali taʼminlashlari yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

 

Text to speech