17 Iyul 2025 yil 236

Andijon viloyati IIBda yosh xodimlar bilan davra suhbati va psixologik-trening mashg‘uloti o‘tkazildi

Andijon viloyati IIB Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘limi psixologik ta’minlash guruhi mutaxassis-psixologlari hamda psixolog Otabek Muhtorov bilan hamkorlikda  IIV Akademiyasi bitiruvchilari ishtirokida “Ichki ishlar organlari xodimlarini fuqarolar bilan muomala madaniyatini shakllantirishning psixologik xususiyatlari” mavzusida psixologik trening va davra suhbati tashkil etildi.

Unda yosh xodimlarning individual–psixologik xususiyatlari, harakatlariga to‘g‘ri baho berishni shakllantirish, fuqarolar bilan muomalaga kirishdagi kamchiliklarga yechim topishi, kasbiy tayyorgarlik hamda tezkor-xizmat vazifalarini bajarishda chidamlilik, bardoshlilik va boshqa irodaviy sifatlari, ekstremal vaziyatlarda psixologik turg‘unligini ta’minlash, o‘zining muammolarini anglash, o‘ziga xos yo‘l topish, bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazildi.

Mutaxassis-psixolog tomonidan psixologik trening davomida, jamoada ijtimoiy ma’naviy ruhiy muhitni yanada yaxshilash, xizmat faoliyati davomida xizmat intizomi buzilishi, doimiy charchoq, ishonchsizlik, tushkunlik kabi salbiy holatlarni bartaraf etish yuzasidan muhim ma’lumotlar berildi.

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

 

Text to speech