Andijon viloyati IIBda Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari general-mayor Davron Nazarmuxammedov ishtirokida xizmat intizomi va qonuniylikka rioya etish ahvoli yuzasidan muhokama yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
Yig‘ilishda viloyat IIB boshlig‘i polkovnik A.T.Rahmatullayev, o‘rinbosarlar, boshqarmaning barcha shaxsiy tarkibi va shahar-tuman IIBlar rahbariyati ishtirok etishdi.
Dastlab, Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari general-mayor Davron Nazarmuxammedov tomonidan Andijon viloyati IIB tomonidan o‘tgan davr mobaynida xizmat intizomi va qonuniylikka rioya etish yuzasidan sohada amalga oshirilgan ijobiy ishlar, shu bilan birgalikda yo‘l qo‘yilgan xato-kamchiliklar tahlil qilinib, bu borada masʼullarning axboroti tinglandi.
Yig‘ilish so‘nggida, viloyat IIB boshlig‘ining o‘rinbosari – Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati boshlig‘i podpolkovnik Davronov Jonibek Mardonqulovich kelgusida xodimlarni sohasi bo‘yicha bilim, tajriba va ko‘nikmalarini, shuningdek, jismoniy va jangovar shayligini yana-da oshirish, korrupsion hamda tamagirlik holatlariga yo‘l qo‘ymaslik, xodimlarni o‘z xizmat vazifalarini qonuniylikka qatʼiy amal qilgan holda bajarishlari yuzasidan aniq topshiriqlar berdi.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati