30 Sentyabr 2024 yil 462

Andijon viloyati IIBda Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari general-mayor Davron Nazarmuxamedov tomonidan faxriylar bilan o‘tkazilgan uchrashuvda berilgan topshiriqlarga asosan ishlab chiqilgan yo‘l xaritasi bo‘yicha masʼullarga vazifalar belgilandi

Joriy yilning 28-sentyabr kuni viloyat IIB maʼrifat zalida boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari podpolkovnik Jonibek Davronov raisligida bo‘lib o‘tgan muhokama yig‘ilishida maslahatchi Orifjon Yuldashev, Faxriylar kengashi raisi Davronbek Yusupov, shuningdek, shahar-tuman IIBlarining faxriylar kengashi raislari va IIB boshliqlarining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlari hamda Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati xodimlari ishtirok etishdi.

Muhokama yig‘ilishida shu yilning 26-sentyabr kuni Andijon viloyati IIBda Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari general-mayor Davron Nazarmuxamedov tomonidan faxriylar bilan o‘tkazilgan uchrashuvda berilgan topshiriqlarga asosan, ichki ishlar organlarida xizmat qilib, nafaqaga chiqqan faxriylar bilan olib borilayotgan ishlar samaradorligini yanada oshirish, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar bo‘yicha  ishlab chiqilgan yo‘l xaritasi tadbir ishtirokchilariga to‘liq yetkazilib, ushbu yo‘l xaritasi bo‘yicha amalga oshirilishi kerak bo‘lgan ishlar hamda kelgusidagi vazifalar belgilab olindi.

Shuningdek, shahar-tuman IIBlarining faxriylar kengashi raislari va IIB boshliqlarining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlari bilan birgalikda barcha faxriylar bilan doimiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish yuzasidan ham muhim topshiriqlar berildi.

Andijon viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech