26 Aprel 2025 yil 552

Andijon viloyati IIBda "Ma’naviyat oyligi" doirasida kitob yarmarkasi tashkil etildi

"Ma’naviyat oyligi" doirasida Andijon viloyati IIBda xodimlarning ma’naviy saviyasini oshirish, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish va ularni badiiy hamda ilmiy adabiyotlar bilan tanishtirish maqsadida kitob yarmarkasi tashkil etildi.

Tadbirda turli yo‘nalishlardagi — badiiy, huquqiy, ilmiy-ommabop, tarixiy va zamonaviy adabiyotlar namoyish qilindi.

Yarmarkada ishtirok etgan sohaviy xizmatlar hamda Qo‘riqlash boshqarmasi xodimlari o‘zlarini qiziqtirgan kitoblarni xarid qilish, yangi nashrlar bilan tanishish va adabiyot olamiga oid bilimlarini boyitish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Mazkur kitob yarmarkasi xodimlarning ma’naviy muhitni yanada mustahkamlashga, xodimlar o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilishga xizmat qildi.

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech