Andijon viloyati IIB rahbariyatining tashabbusi bilan “Keksalar haftaligi” doirasida eʼtibor va g‘amxo‘rlikka muhtoj keksa avlod vakillarining holidan xabar olindi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 2-apreldagi PQ–5050-son qarori bilan tasdiqlangan “Ichki ishlar organlarida maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni tashkil etish konsepsiyasi” ijrosini taʼminlash hamda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosarining 2024-yil 24-sentyabr kunidagi 321-sonli farmoyishiga asosan yoshi ulug‘ faxriylarga eʼtibor va g‘amxo‘rlikni kuchaytirish, ularni sog‘lomlashtirish ishlarini samarali tashkil etish, ijtimoiy hayotdagi faolliklarini oshirish , shuningdek, ularni har tomonlama qo‘llab quvvatlash maqsadida Andijon viloyati IIB masʼul xodimlari tomonidan bir qator ishlar amalga oshirildi.
Xususan, Andijon viloyati IIB rahbariyatining tashabbusi bilan “Keksalar haftaligi” doirasida 80 nafardan ortiq eʼtibor va g‘amxo‘rlikka muhtoj keksa avlod vakillarining holidan xabar olinib, ularga yuksak hurmat va ehtirom ko‘rsatildi.
Shu bilan birga, ichki ishlar organlaridan nafaqaga chiqib hozirda ehtiyojmand, boquvchisiz qolgan nogiron bo‘lgan faxriylar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, ularni tegishli tartibda davolanish, sanatoriy va dam olish maskanlariga yuborish choralari ko‘rildi.
Hozirda “Keksalar haftaligi” doirasidagi faxriylar ishtirokidagi tadbirlar davom ettirilmoqda.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati