Andijon viloyati ishlar organlarida xizmat qilayotgan xotin-qizlar o‘rtasida "Fidoyi ayol xodima" ko‘rik tanlovining hududiy saralash bosqichi o‘tkazildi
Ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, kasbiy faolligini oshirish, ijodiy va intellektual salohiyatini namoyon etish orqali, Vatan va xalq manfaatlari yo‘lida xizmat qiladigan professional xodimalar sifatida tarbiyalash maqsadida, Ichki ishlar vazirligining tegishli buyrug‘iga asosan Andijon viloyati ishlar organlarida xizmat qilayotgan xotin-qizlar o‘rtasida "Fidoyi ayol xodima" ko‘rik-tanlovining hududiy saralash bosqichlari tashkil etildi.
Tanlov jarayonida soha malikalari yugurish, jangovar qurolni qismlarga ajratish va yig‘ish, o‘q otish kabi bir qator yo‘nalishlar bo‘yicha bahs olib bordilar. Bundan tashqari, ulardan test sinovlari ham olindi.
Saralash bosqichi yakunida yuqori natija ko‘rsatib, g‘oliblikka erishgan ayollar boshqarma rahbariyati tomonidan munosib taqdirlandilar.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati