Andijon viloyati hokimligida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar ustidan nazorat qilish bo‘yicha viloyat, tuman (shahar) komissiyalarining navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi
Joriy yilning 24-sentyabr kuni Andijon viloyati hokimligida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar ustidan nazorat qilish bo‘yicha viloyat, tuman (shahar) komissiyalarining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Narkotiklar va o‘q otar qurollarni nazorat qilish agentligi direktori o‘rinbosari J.Azimov, viloyat hokimining o‘rinbosari, hududiy komissiya raisi o‘rinbosari K.Komilov, viloyat prokurorining o‘rinbosari O‘.Utayev, viloyat sudi raisining o‘rinbosari F.Abdurayimov, viloyat IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari F.Berdiyev, bojxona boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari N.Usmonov, viloyat, tuman (shahar) komissiyalari a’zolari, tuman (shahar) hokimining o‘rinbosarlari, prokuror, ichki ishlar bo‘limi boshliqlari o‘rinbosarlari, ta’lim muassasalari va mutasaddi tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi.
O‘tkazilgan tadbirda Andijon viloyatida giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va kuchli ta’sir etuvchi dori vositalarining noqonuniy aylanishiga qarshi kurashish borasida joriy yilning 8 oyida olib borilgan ishlar tanqidiy muhokama qilinib, kelgusidagi vazifalar belgilab olindi.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati