21 Aprel 2025 yil 99

Andijon viloyati prokurori hamda Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i tomonidan Andijon tumanida probatsiya hisobidagi shaxslar va muqaddam sudlanganlarning muammolariga yechim topish maqsadida uchrashuv-muloqot tashkil etildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvar kungi “2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 1-son qarori ijrosi talablaridan kelib chiqib, joriy yilning 21-aprel kuni Andijon tumanida, viloyat prokurori Murodillo Abduhakimov hamda Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i Sanjar Djabarovlar tomonidan probatsiya hisobidagi shaxslar, muqaddam sudlanganlarning muammolarini o‘rganish, ularning bandligini ta’minlash maqsadida uchrashuv-muloqot o‘tkazildi.  

Uchrashuvda 50 nafarga yaqin fuqarolarning turli masalalardagi murojaatlari tinglandi.

Xususan, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish, kredit olish, ishga joylashish, yer ajratish va boshqa ijtimoiy masalalardagi aksariyat murojaatlar joyida ijobiy hal etildi.

Murojaatlarning har biri mutasaddi idoralar vakillari tomonidan o‘rganib chiqilib, yechimi vaqt talab qiladigan murojaatlar yuzasidan tegishli mas’ullarga topshiriqlar berildi. 

Bir so‘z bilan aytganda, ko‘plab fuqarolar mavjud muammolarining ijobiy hal qilinishi ortida muhtaram Prezidentimizning olib borayotgan odilona siyosati yotganligini mamnuniyat bilan izhor etdilar.

Bu kabi uchrashuvlarning tashkil etilishi Andijon viloyatining boshqa shahar-tumanlarida ham davom ettirilmoqda. 

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech