13 Iyun 2025 yil 303

Andijon viloyatida “Yoshlar oyligi” doirasida yosh xodimlar o‘rtasida “Ajdodlar izidan” kitobxonlik tanlovining respublika bosqichi o‘tkazildi

Kitob - inson kamolotida muhim ahamiyatga ega. Inson doim bilim olish, izlanish bilan o‘z dunyoqarashini oshirib, fikrlash doirasini kengaytiradi.

Zotan, bugun mamlakatimizda kitobxonlikni rivojlantirish borasidagi jarayonlar yangi bosqichga ko‘tarilib, barcha sohalarda kitobxonlikni targ‘ib qilish kabi turli tadbirlarning izchillik bilan o‘tkazilayotganiga guvoh bo‘lish mumkin.

Bugungi kunda, ichki ishlar organlarida ham xizmat qilayotgan yosh xodimlarning intellektual va professional bilim darajasini, ma’naviy-axloqiy saviyasini muntazam ravishda oshirib borish maqsadida, yosh xodimlar o‘rtasida bir qator kitobxonlik va intellektual tanlovlar o‘tkazilib kelinmoqda.

Yuqoridagi fikrlar isboti sifatida joriy yilning 12-iyun kuni Andijon viloyatida ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan yosh xodimlar o‘rtasida “Ajdodlar izidan” kitobxonlik tanlovining respublika bosqichi o‘tkazildi.

Ushbu o‘tkazilgan kitobxonlik tanlovi qiziqarli va bahs-munozaralarga boy bo‘ldi. Qiziqarli va murosasiz o‘tgan o‘yin natijasiga ko‘ra, Samarqand viloyati IIB jamoasi 3-o‘rinni, Buxoro viloyati IIB jamoasi 2-o‘rinni hamda Andijon viloyati IIB jamoasi esa faxrli 1-o‘rinni egalladi.

G‘olib va sovrindor bo‘lgan jamoalar vazirlik rahbariyati tomonidan diplom va pul mukofotlari bilan taqdirlandilar.

Yosh xodimlarning intellektual va professional bilim darajasi hamda ma’naviy-axloqiy saviyasini oshirish borasidagi tadbirlar davom ettirilmoqda.  

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

 

Text to speech