Andijon viloyatida “Namunali mahalla huquq-tartibot maskanlari” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi yakunlandi
Joriy yilning 25-yanvar kuni O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Andijon viloyati Kengashida “Namunali mahalla huquq-tartibot maskanlari” ko‘rik-tanlovini Andijon viloyati bosqichi bo‘lib o‘tdi. Ko‘rik-tanlovda hududlarda joylashgan mahalla huquq tartibot maskanlarida fuqarolarimiz uchun yaratilgan sharoitlar ularning xalqqa yana-da yaqinlashish, uning dardu va tashvishlaridan doimo xabardor bo‘lish va zarur paytda fuqarolarga yordam berish hamda aholining barcha muammolarini mahallaning o‘zida hal etish borasidagi tashkiliy-amaliy ishlari komissiya aʼzolari tomonidan ko‘rib chiqilib, ularning faoliyatlari har tomonlama o‘rganildi
Tanlovda mahallalarda faoliyat olib borayotgan profilaktika inspektori, fuqarolar yig‘ini raisi, hokim yordamchisi, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha hamda yo‘l patrul xizmati inspektori kabi yo‘nalishlarda eng munosiblar saralandi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra Qo‘rg‘ontepa tumani IIB Turon zamin huquq-tartibot maskani boshqa huquq tartibot maskanlariga nisbatan eng namunalisi deb topildi. Shuningdek,“Namunali mahalla huquq-tartibot maskanlari” ko‘rik-tanlovida Hakamlar hayʼatining qaroriga ko‘ra qolgan nominatsiyalar bo‘yicha ham g‘oliblar Aniqlandi. Xususan, “Eng faol MFY raisi” nominatsiyasi g‘olibi Andijon shahar Barkamol MFY raisi Tabbasumxon Isroilova deb topilgan bo‘lsa, “Eng faol patrul-post xizmati inspektori” nominatsiyasida g‘oliblikka Andijon viloyati IIB Jamoat xavfsizligi xizmati jamoat tartibini saqlash boshqarmasi Patrul-post xizmati batalyoni 3-otryad bo‘linma komandiri safdor Begzod Sobirov munosib ko‘rildi.
Shuningdek, “Eng faol xotin-qizlar masalalari bo‘yicha inspektor” nominatsiyasida g‘oliblik Andijon tumani IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘limi xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektori kapitan Sitora Mamatyakubovaga nasib etdi.
Bundan tashqari, “Eng faol xotin-qizlar faoli”, “Eng faol hokim yordamchisi”,“Eng faol yoshlar yetakchisi”,“Eng faol probatsiya tizimi inspektori”,“Eng faol voyaga yetmaganlar masalalari bo‘yicha inspektor-psixolog” nominatsiyalari bo‘yicha ham g‘oliblar aniqlandi.
Ko‘rik tanlovda g‘olib va sovrindorlarga qimmatbaho esdalik sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi. Endilikda har bir yo‘nalishda g‘olib bo‘lgan ishtirokchilar respublika bosqichida viloyatimiz sharafini himoya qilishadi.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati