Andijon viloyatida jamoat tartibini saqlash va fuqarolar xavfsizligini taʼminlash maqsadida ichki ishlar organlari tomonidan savdo majmualar, ko‘ngilochar maskanlar, bozorlar va boshqa jamoat joylarida tun-u kun kuchaytirilgan tartibda xizmat olib borilmoqda
Jamoat xavfsizligiga yangi tahdid va xatarlar tobora ortib borayotgan bugungi sharoitda jamoat tartibini saqlash va fuqarolar xavfsizligini taʼminlashda huquqni muhofaza qilish idoralaridan katta masʼuliyat talab etadi.
Andijon viloyati ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ham savdo va xizmat ko‘rsatish sohasi yirik obyektlarida, shu jumladan savdo-ko‘ngilochar majmualar, bog‘lar, bozorlar va boshqa fuqarolar gavjum bo‘ladigan joylarda jamoat tartibini saqlash ishlari tashkil etilmoqda.
Bugungi murakkab sharoitda tinchlikni asrash uchun ogohlik, sezgirlik, hushyorlik har qachongidan ko‘ra muhimligini barchamiz tushunib yetib, farzandlarimiz – bugunimiz va kelajagimiz egalarining ongiga singdirishimiz dolzarb ahamiyat kasb etadi.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati