Andijon viloyatining 3-sektoridagi 229 ta mahallada otaliqqa olingan yoshlar bilan amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi
Joriy yilning 26-fevral kuni Andijon viloyati ichki ishlar boshqarmasida sohaviy xizmatlar va shahar-tuman IIB boshliqlari, ularning o‘rinbosarlari hamda viloyatning 3-sektoridagi jami 229 ta mahallaga biriktirilgan masʼul xodimlar ishtirokida videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.
Yig‘ilishni boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari podpolkovnik Isomiddin Ismanov olib borib, Andijon viloyatining 3-sektoridagi 229 ta mahalladagi toifalarga ajratilgan jami 90 815 nafar yoshlar otaliqqa olinganligini, ushbu toifalardagi yoshlarning muammolarini hal etish, profilaktik tadbirlarni olib borish maqsadida ularning har biriga rahbar xodimlar biriktirilganligini o‘qib eshittirdi.
Shuningdek, yoshlarni o‘rganish yuzasidan uyma-uy yurish orqali kunlik “Anketa-so‘rovnomalar” to‘ldirish hamda ushbu jarayonlarda ularning muammolarini aniqlab, bartaraf etish bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.
Bundan tashqari, viloyatda jinoyatchilik ahvoli bo‘yicha Andijon viloyati IIB Tashkiliy boshqarma boshlig‘i podpolkovnik Sherzod Soipov tahlillarga to‘xtalib, boshqarma boshlig‘ining topshirig‘iga asosan kriminogen vaziyat barqarorligini taʼminlash yuzasidan shahar-tuman IIB boshliqlariga bir qator vazifalar belgilab berildi.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati