28 Mart 2024 yil 1401

Andijon viloyatining Shahrixon tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tashabbusi bilan o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida vatanparvarlik tuyg‘usini yana-da oshirish hamda jinoyatchilikni oldini olishga qaratilgan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi

Shahrixon tumanidagi 4-sonli umumtaʼlim maktabining yuqori sinf o‘quvchilari bilan o‘tkazilgan davra suhbatida bugungi kunda mamlakatimizda yosh-avlod taʼlim-tarbiyasiga qaratilayotgan katta eʼtibor va keng imkoniyatlardan unumli foydalanib, yurtimiz bayrog‘ini jahon arenalarida yuksaklarga ko‘tarayotgan ko‘plab yoshlar haqida aniq misollar keltirib o‘tildi. Albatta yoshlarning taʼlim, sanʼat, sport va boshqa sohalarda qo‘lga kiritayotgan bu kabi yutuqlari barcha yoshlarda vatanparvarlik tuyg‘usini yana-da oshishiga xizmat qilayotgani alohida eʼtirof etildi.

O‘z navbatida yaratib berilayotgan imkoniyatlarni to‘g‘ri anglamasdan, odam aqliga sig‘dira olmaydigan jinoyatlarni sodir etayotgan ayrim yoshlarning qilmishlari hamda turli yot illatlar taʼsiriga tushib qolib, to‘qlikka-sho‘xlik qilayotganlarning achchiq qismatlari haqida aniq misollar orqali o‘quvchilarga maʼlumotlar yetkazilib, ular ogohlik va hushyorlikka chaqirildilar.

Bir so‘z bilan aytganda yoshlarni vatanparvarlik ruhida kamol topishlariga ko‘maklashish hamda ular o‘rtasida jinoyatchilikni barvaqt oldini olish maqsadida tashkil etilgan targ‘ibot tadbiri ularda katta taassurot qoldirdi.

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech