Andijon viloyatining Shahrixon, Bo‘ston va Ulug‘nor tumanlarining 3-sektor hududida istiqomat qiluvchi otaliqqa olingan yoshlari o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yinlari bo‘lib o‘tdi
Andijon viloyati IIB tomonidan otaliqqa olingan yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda ularning maʼnaviy dunyoqarashini yuksaltirishga qaratilgan “Xavfsiz hayot uchun birlashaylik” shiori ostida o‘tkazilayotgan “Zakovat” intellektual o‘yinlarining shahar-tuman bosqichlari qizg‘in va murosasiz tarzda o‘tkazilmoqda.
Andijon viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tashabbusi bilan tashkil etilayotgan navbatdagi “Zakovat” intellektual o‘yinlarida Shahrixon, Bo‘ston va Ulug‘nor tumanlarining 3-sektor hududida istiqomat qiluvchi ilmga chanqoq yoshlardan iborat jamoalar o‘zaro bellashdilar.
O‘tkazilgan o‘yin natijalariga ko‘ra, Shahrixon tumanning “Dovyuraklar”, Bo‘ston tumanining “Nurafshon” hamda Ulug‘nor tumanining “Do‘stlik” jamoalari birinchilikni qo‘lga kiritib, diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar. Ushbu g‘olib jamoalar ham “Zakovat”intellektual o‘yinining viloyat bosqichida ishtirok etish imkoniyatini qo‘lga kiritdilar
Andijon viloyati IIB tomonidan otaliqqa olingan yoshlar o‘rtasida “Xavfsiz hayot uchun birlashaylik” shiori ostida o‘tkazilayotgan “Zakovat” intellektual o‘yinlarining shahar-tuman bosqichlari davom etmoqda.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati