Andijon viloyatining Baliqchi tumani IIB huzuridagi Tergov guruhi tashabbusi bilan tumandagi 14-umumtaʼlim maktabida “Yoshlar orasida Vatanparvarlik va sadoqat tuyg‘usini shakllantirish” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi
Joriy yilning 7-fevral kuni Andijon viloyatining Baliqchi tumani IIB huzuridagi Tergov guruhi hamda tumanning boshqa mutasaddi masʼul xodimlari bilan hamkorlikda tumanning Markaz MFY hududida joylashgan 14-umumtaʼlim maktabi o‘quvchilari bilan “Yoshlar orasida Vatanparvarlik va sadoqat tuyg‘usini shakllantirish” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
O‘qituvchi va o‘quvchilar bilan o‘tkazilgan davra suhbatida Baliqchi tumanida yashovchi o‘quvchi yoshlar bilan olib borilayotgan Vatanga sadoqat, Vatanni ona kabi eʼzozlab, uni neʼmatlarini, tabiatini, tabiiy boyliklarini ko‘z qorachig‘idek asrab avaylash borasida amalga oshirilayotgan bir qator tadbirlar va amaliy ko‘nikmalar muhokama qilinib, yoshlar o‘z fikrlari va takliflarini o‘rtaga tashladilar.
Bundan tashqari, davra suhbatida o‘quvchi yoshlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar haqida tushunchalar berilib, kelgusida yoshlar bor kuch imkoniyatlarini bilim olishga, dars soatlarini qoldirmaslikka, kasb-hunar o‘rganishga safarbar etishlari bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati