Andijon viloyatining Baliqchi va Oltinko‘l tumanlarida "Obod va xavfsiz mahalla" tamoyili asosida mahallalarda ijtimoiy profilaktika tizimi samaradorligini oshirish bo‘yicha o‘quv-seminarlari o‘tkazildi
Joriy yilning 8-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-noyabrdagi "Obod va xavfsiz mahalla" tamoyili asosida mahallalarda ijtimoiy profilaktika tizimi samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 801-sonli qarori ijrosi bo‘yicha Baliqchi va Oltinko‘l tumanlari hokimliklarida o‘quv-seminarlari bo‘lib o‘tdi.
O‘quv-seminarida O‘zbekiston Respublikasi IIV Xuquqbuzarliklar profilaktikasi xizmati bo‘lim boshlig‘i Nodirbek Omonov tomonidan ushbu qarorning mazmun-mohiyati tushuntirilib, mahalla yettiligi oldida masʼuliyatli vazifalar jamlangani, “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyilini mustahkam joriy etish orqali aholining tinch va farovon hayot kechirishi taʼminlanishi yuzasidan atroflicha maʼlumotlar yetkazildi.
Shuningdek, mazkur seminarda “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida ish tashkil etish, jinoyatchilikka o‘zining salbiy taʼsirini ko‘rsatayotgan omillarni aniqlab, ularni bartaraf etish, yoshlar va ayollar bandligini taʼminlash hamda boshqa masalalar bo‘yicha masʼullarga aniq topshiriqlar berildi.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati