24 Fevral 2024 yil 1869

Andijon viloyatining barcha shahar-tumanlarida faoliyat olib borayotgan “mahalla yettiligi” aʼzolarining siyosiy-huquqiy hamda kasbiy bilimini oshirishga qaratilagan o‘quv-seminarlari tashkil etildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining topshirig‘iga asosan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi PF-209-son Farmoni hamda 2023-yil 21-dekabrdagi PQ-402-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida “mahalla yettiligi” uchun alohida o‘quv seminarlar tashkil qilish belgilangan.

Maqsad – “Mahalla yettiligi”ning siyosiy-huquqiy hamda kasbiy bilimini oshirish, jamoatchilik va aholi bilan muloqot qilish ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat.

Shu sababli Andijon viloyatida “mahalla yettiligi” faoliyati uchun masʼul bo‘lgan vazirlik va idoralarning hududiy bo‘linmalari masʼul xodimlaridan iborat 3 ta guruhda trenerlar shakllantirilib, joriy yilning 29-yanvar – 23 fevral kunlari Andijon viloyatining barcha shahar-tumanlarining “mahalla yettiligi” aʼzolari bilan o‘quv-seminarlar o‘tkazilishi taʼminlandi.

Bunda asosan yangi tashkil etilgan “mahalla yettiligi” bo‘lmish mahalla raisi, hokim yordamchisi, profilaktika inspektori, xotin-qizlar faoli, yoshlar yetakchisi, ijtimoiy xodim va soliq xodimlarining bevosita o‘zi xizmat olib borayotgan mahallasida hamkorlikdagi vazifalari, yaʼni, ehtiyojmand aholini ro‘yxatga kiritish, moddiy yordam, subsidiya va kredit ajratish kabi 70 dan ortiq masalalar, tuman va viloyat idoralariga chiqmasdan, mahallaning o‘zida jamoaviy hal qilinishi, mahallani joylarda muammolarni chinakam hal qiladigan institutga aylantirish zarurligi yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech