Andijon viloyatining barcha hududlarida “Xavfsiz hudud va mulkiy turdagi jinoyatlar profilaktikasi oyligi” maxsus profilaktik tadbiri doirasidagi targʻibot tadbirlari davom etmoqda
Andijon viloyati IIB JXX Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi ва uning quyi tizimi xodimlari tomonidan tadbir davomida aholi o‘rtasida tushuntirish-targ‘ibot ishlari olib borilib, fuqarolarga ogohlikka chaqiruvchi 8 mingdan ortiq buklet ва flayerlar tarqatildi.
"Obod ва xavfsiz mahalla” tamoyili asosida “mahalla yettiligi” vakillari билан hamkorlikda har bir xonadonga kirilib, ijtimoiy profilaktika tadbirlari amalga oshirilmoqda.
Tadbirlar davomida huquqbuzarlik sodir etishga moyil ва jinoyatdan jabrlanish ehtimoli yuqori bo‘lgan 300 nafardan ortiq fuqarolar bo‘yicha mahalla masʼullariga xulosalar berildi.
Profilaktika inspektorlari tomonidan ov qurollarini saqlanish holatlari bo‘yicha tekshiruvlar o‘tkazilib, 38 ta qoidabuzarliklar aniqlanib, huquqbuzarlarga nisbatan tegishli choralar ko‘rildi.
Nizolashayotgan oilalar, tazyiq ва zo‘ravonlikka uchragan 150 nafardan ortiq shaxslarga “himoya order”lari berildi.
Nazoratsiz ва qarovsiz yurgan 10 nafar voyaga yetmaganlar viloyat IIB JXX HPB Voyaga yetmaganlar ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markaziga joylashtirildi.
Maʼmuriy amaliyot yo‘nalishida 8 ming 626 ta huquqbuzarliklar aniqlanib, maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.
Fuqarolardan 93 ta tig‘li predmetlar olinib, tegishli hujjatlar rasmiylashtirildi.
Vazirlar Mahkamasining 565-sonli qaroriga asosan, sektor rahbarlari tomonidan sodir etilgan 25 ta jinoyatlar muhokamalari o‘tkazildi.
Ilgari sudlangan 21 nafar shaxslarga maʼmuriy nazorat o‘rnatilib, 880 nafar shaxslar профилактик hisobga olindi.
Tadbirlar IIBning sohaviy xizmatlari ва mutasaddi tashkilotlar билан hamkorlikda davom ettirilmoqda.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati