9 Aprel 2024 yil 2076

Andijon viloyatining Bo‘ston tumani IIB huzuridagi Tergov guruhi tashabbusi bilan o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikni oldini olish qaratilgan targ‘ibot tadbiri tashkil etildi

Bo‘ston tumanining Do‘stlik MFYda joylashgan 48-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim maktabi bitiruvchi sinf o‘quvchi-yoshlarini vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va ular o‘rtasida sodir etilishi mumkin bo‘lgan jinoyat va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish maqsadida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbir davomida hozirgi vaqtda davlatimiz rahbari tomonidan yosh-avlodning taʼlim-tarbiyasiga hamda tadbirkorlik bilan shug‘ullanishlari uchun yaratilib berilayotgan keng imkoniyatlar to‘g‘risida  yoshlar bilan yaqindan suhbatlar olib borilib, ular tomonidan berilgan savollarga atroflicha javoblar qaytarildi.

Shuningdek, turli yot g‘oyalar taʼsiriga tushib, o‘zining kelajagiga bolta urgan ayrim yoshlarning jinoiy qilmishlari haqida batafsil maʼlumotlar berilib, o‘quvchi-yoshlar hamisha ogoh va hushyor bo‘lishlikka chaqirildilar.

O‘tkazilayotgan bu kabi profilaktik tadbirlar yoshlarni yana-da vatanparvarlik ruhida kamol topishlariga hamda ular o‘rtasida jinoyatchilikni oldini olishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech