Andijon viloyatining Xonobod shahar IIB huzuridagi Tergov guruhi tashabbusi bilan o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikni oldini olishga qaratilgan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Xonobod shahrining Alisher Navoiy MFY hududida joylashgan 2-umumiy o‘rta taʼlim maktabining o‘quvchilari bilan tashkil etilgan davra suhbatida, afsuski bugungi kunda yoshlar orasida keng urchiyotgan ijtimoiy tarmoqlar orqali targ‘ib qilinayotgan islom diniga yot bo‘lgan ekstremistik g‘oyalar taʼsiriga tushish hamda giyohvandlik va psixotrop moddalar bilan bog‘liq holatlar atroflicha muhokama qilindi.
Xususan, davlatimiz tomonidan yaratib berilayotgan imkoniyatlarni to‘g‘ri anglamasdan, giyohvandlik va boshqa yot illatlar taʼsiriga tushib qolgan ayrim yoshlarning achchiq qismatlari haqida hayotiy misollar o‘quvchilarga so‘zlab berilib, ular ogohlik va hushyorlikka chaqirildilar.
Davra suhbati davomida o‘quvchi-yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga masʼul xodimlar tomonidan javoblar oldilar.
Bir so‘z bilan aytganda yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikni barvaqt oldini olish hamda ularni vatanparvarlik ruhida kamol topishlariga ko‘maklashish maqsadida tashkil etilgan targ‘ibot tadbiri ularda katta taassurot qoldirdi.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati