22 Noyabr 2024 yil 1883

Andijon viloyatining Xonobod shahrida fuqarolarning sud-huquq masalalariga oid murojaatlari bo‘yicha sayyor qabul o‘tkazildi

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan aholining sud-huquq masalalariga oid murojaatlarini hal etishga qaratilgan bu galgi sayyor qabuli Xonobod shahrida tashkil etildi.

Sayyor qabulda Andijon viloyati IIB boshlig‘i A.T.Rahmatullayev ham ishtirok etib, unda ko‘plab murojaatlarga ijobiy yechim topildi.  

Xususan, tergov-surishtiruv harakatlari, probatsiya hisobidagi shaxslarni jazodan muddatidan oldin shartli ravishda ozod qilish, O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini tasdiqlovchi ID kartalar rasmiylashtirish hamda boshqa turli ijtimoiy masalalarda kelib tushgan murojaatlar ham joyida ijobiy hal etildi.

Aholining sud-huquq masalalari bo‘yicha muammolarini tinglash va uni hal etishga qaratilgan sayyor qabullar joylarda davom etadi.

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech