Andijon viloyatining Xo‘jaobod tumani IIB huzuridagi Tergov guruhi tashabbusi bilan yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda ular o‘rtasida jinoyatchilikni oldini olishga qaratilgan davra suhbati tashkil etildi
Joriy yilning 26-mart kuni Xo‘jaobod tumani IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan tumandagi kasb-unar maktabida o‘quvchi-yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda ular o‘rtasida jinoyatchilikni oldini olish maqsadida davra suhbati o‘tkazildi.
Tadbir davomida bugungi kunda mamlakatimizda yosh-avlodning taʼlim-tarbiyasiga hamda ularni tadbirkorlik bilan shug‘ullanishlari uchun yaratilib berilayotgan keng imkoniyatlar to‘g‘risida yoshlar bilan dildan suhbat qurildi.
Shuningdek, jinoyat ko‘chasiga kirib adashganlarning achchiq qismatlari hamda turli yot g‘oyalar taʼsiriga tushib, o‘zining kelajagiga bolta urgan ayrim yoshlarning jinoiy qilmishlari haqida batafsil so‘zlab berilib, talaba-yoshlar hamisha ogoh va hushyor bo‘lishlikka chaqirildilar.
O‘tkazilayotgan bu kabi profilaktik tadbirlar yoshlarni yanada vatanparvarlik ruhida kamol topishlariga hamda ular o‘rtasida jinoyatchilikni oldini olishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati