18 Mart 2024 yil 999

Andijon viloyatining Marhamat tumani IIB huzuridagi Tergov guruhi tashabbusi bilan o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida vatanparvarlik tuyg‘usini yanada oshirish hamda jinoyatchilikni oldini olishga qaratilgan targ‘ibot tadbiri tashkil etildi

Marhamat tumanining "G‘ofur G‘ulom" MFY hududida joylashgan 72-IDUM o‘quvchilari bilan o‘tkazilgan davra suhbatida bugungi kunda mamlakatimizda yosh-avlod taʼlim-tarbiyasiga qaratilayotgan katta eʼtibor va keng imkoniyatlardan unumli foydalanib, yurtimiz bayrog‘ini jahon arenalarida yuksaklarga ko‘tarayotgan ko‘plab yoshlar haqida aniq misollar keltirib o‘tildi. Albatta yoshlarning taʼlim, sanʼat, sport va boshqa sohalarda qo‘lga kiritayotgan bu kabi yutuqlari barcha yoshlarda vatanparvarlik tuyg‘usini yanada oshishiga xizmat qilayotgani alohida eʼtirof etildi.

O‘z navbatida yaratib berilayotgan imkoniyatlarni to‘g‘ri anglamasdan, turli yot illatlar taʼsiriga tushib qolib, to‘qlikka-sho‘xlik qilayotgan ayrim yoshlarning achchiq qismatlari haqida ham o‘quvchilarga atroflicha so‘zlab berilib, ular ogohlik va hushyorlikka chaqirildilar.

Davra suhbati davomida o‘quvchi-yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga masʼul xodimlar tomonidan javoblar oldilar.

Bir so‘z bilan aytganda yoshlarni vatanparvarlik ruhida kamol topishlariga ko‘maklashish maqsadida tashkil etilgan targ‘ibot tadbiri ularda katta taassurot qoldirdi.

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech