5 Aprel 2024 yil 2159

Andijon viloyatining Oltinko‘l tumani IIB huzuridagi Tergov guruhi tashabbusi bilan o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikni oldini olish hamda ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan tadbir tashkil etildi

Oltinko‘l tumanidagi Markaz MFYda joylashgan 1-sonli umumiy o‘rta taʼlim maktabining yuqori sinf o‘quvchilari bilan o‘tkazilgan davra suhbatida bugungi kunda mamlakatimizda yosh-avlod taʼlim-tarbiyasiga qaratilayotgan katta eʼtibor va keng imkoniyatlardan unumli foydalanayotgan ko‘plab yoshlar haqida aniq misollar keltirib o‘tildi. Albatta yoshlarning ko‘plab sohalarda qo‘lga kiritayotgan bu kabi yutuqlari barcha yoshlarda vatanparvarlik tuyg‘usini yana-da oshishiga xizmat qilayotgani alohida eʼtirof etildi.

O‘z navbatida yaratib berilayotgan imkoniyatlarni to‘g‘ri anglamasdan, odam aqliga sig‘dira olmaydigan jinoyatlarni sodir etayotgan ayrim yoshlarning qilmishlari hamda turli yot illatlar taʼsiriga tushib qolib, adashganlarning achchiq qismatlari haqida aniq misollar orqali o‘quvchilarga maʼlumotlar yetkazilib, ular ogohlik va hushyorlikka chaqirildilar.

Bir so‘z bilan aytganda yoshlarni vatanparvarlik ruhida kamol topishlariga ko‘maklashish hamda ular o‘rtasida jinoyatchilikni barvaqt oldini olish maqsadida tashkil etilgan targ‘ibot tadbiri ularda katta taassurot qoldirdi.

Bu kabi tadbirlar joylarda davom ettirilmoqda.

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech