Andijon viloyatining Oltinko‘l, Baliqchi, Paxtaobod hamda Izboskan tumani IIBlarida o‘tgan 2024-yil davomida amalga oshirilgan ishlar va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar yuzasidan hisobot yig‘ilishlari o‘tkazildi
Oltinko‘l, Baliqchi, Paxtaobod hamda Izboskan tumani IIBlarida Andijon viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari podpolkovnik Jonibek Davronov raisligida o‘tgan 2024-yil davomida jinoyatchilikka qarshi kurashish, huquqbuzarliklarni oldini olish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, shaxsiy tarkib bilan xizmat intizomini mustahkamlash bo‘yicha o‘tkazilgan tadbirlar, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar hamda kelgusidagi ustuvor vazifalarni belgilab olishga qaratilgan hisobot yig‘ilishlari bo‘lib o‘tdi.
Tanqidiy ruhda o‘tkazilgan majlislarda barcha yo‘nalishlarda amalga oshirilgan ishlar, xususan, shaxsiy tarkib o‘rtasida xizmat intizomini mustahkamlash, xodimlarning jangovar va jismoniy shayligini oshirish bo‘yicha o‘tkazilgan tadbirlar hamda bu borada kamchilikka yo‘l qo‘ygan rahbar va xodimlar muhokama qilinib, ularning hisobotlari tinglandi.
Shuningdek, jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirish borasidagi yuklatilgan majburiyatlarni namunali tarzda bajarib kelayotgan bir guruh xodimlarga boshqarma boshlig‘ining tashakkurnoma hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.
Hisobot yig‘ilishlari yakunlarida barcha mutasaddi rahbar va xodimlarga kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar aniq va manzilli tarzda belgilab berildi.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati