14 Mart 2024 yil 1030

Andijon viloyatining Qo‘rg‘ontepa tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tashabbusi bilan yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda ular o‘rtasida jinoyatchilikni oldini olishga qaratilgan davra suhbati tashkil etildi

Joriy yilning 13-mart kuni Qo‘rg‘ontepa tumanining Yangi hayot MFY hududida joylashgan Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida o‘quvchi-yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va ular tomonidan sodir etilishi mumkin bo‘lgan jinoyatlarni oldini olish maqsadida davra suhbati o‘tkazildi.

Davra suhbati davomida bugungi kunda davlatimiz tomonidan yoshlarga ko‘rsatilayotgan eʼtibor va ularga berilayotgan keng imkoniyatlar to‘g‘risida hayotiy misollar yordamida maʼlumotlar yetkazilib, o‘quvchi-yoshlar bilan ochiq muloqot olib borildi.

Shuningdek, ayni zamonda yoshlarning bilib-bilmasdan ijtimoiy tarmoqlar orqali singdirilayotgan turli yot g‘oyalari taʼsiriga aldanib qolmasliklari bo‘yicha zaruriy tavsiyalar berilib, to‘g‘ri yo‘ldan adashgan yoshlarning achchiq qismatlari aks etgan taʼsirchan videorolik ham yoshlar eʼtiboriga namoyish qilindi.

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati    

Text to speech