15 Mart 2024 yil 1258

Andijon viloyatining Jalaquduq tumani IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda ular o‘rtasida jinoyatchilikni oldini olishga qaratilgan davra suhbati o‘tkazildi

Joriy yilning 15-mart kuni Jalaquduq tumanining Namuna MFYda joylashgan Andijon davlat universitetining axborot texnologiyalari va kompyuter injiniring fakulteti talaba-yoshlarini vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va ular o‘rtasida sodir etilishi mumkin bo‘lgan jinoyatlarni barvaqt oldini olish maqsadida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbir davomida hozirgi vaqtda davlatimiz rahbari tomonidan yosh-avlodning taʼlim-tarbiyasiga hamda ularni tadbirkorlik bilan shug‘ullanishlari uchun yaratilib berilayotgan keng imkoniyatlar to‘g‘risida  yoshlar bilan dildan suhbat qurildi.  

Shuningdek, turli yot g‘oyalar taʼsiriga tushib, o‘zining kelajagiga bolta urgan ayrim yoshlarning jinoiy qilmishlari haqida batafsil so‘zlab berilib, talaba-yoshlar hamisha ogoh va hushyor bo‘lishlikka chaqirildilar.

O‘tkazilayotgan bu kabi profilaktik tadbirlar yoshlarni yana-da vatanparvarlik ruhida kamol topishlariga hamda ular o‘rtasida jinoyatchilikni oldini olishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati  

Text to speech