Andijonda 3-sektor xududlarida kambag‘illikni qisqartirish va aholi bandligini ta'minlash borasida amaliy ishlar davom ettirilmoqda
Viloyatning tuman-shahar 3-sektorlari hududida 206 mingdan ortiq oilalar bo‘lib, ushbu oilalarning 10 ming 242 tasi pandemiya davrida ehtiyojmand oilalar hisobiga olingan. O‘tgan davr mobaynida 10 ming 242 ta ehtiyojmand oilalarga jami 12 ming 572 marotaba 2 milliard 375 million 200 ming so‘mlik oziq-ovqat mahsulotlari, 2 million 932 ming so‘mlik dori-darmon vositalari, 19 million 565 ming so‘mlik antiseptik vositalari, 249 million 300 ming so‘mlik 19 bosh qora mol, 60 million 550 ming so‘mlik 34 bosh qo‘y, 125 million 667 ming so‘mlik 17 ming 600 dona parrandalar tarqatildi.
Shuningdek, 174 nafar fuqarolarga 1 milliard 113 million 460 ming so‘m kreditlar berilgan bo‘lsa, yana 819 nafariga 869 million 200 ming so‘m miqdorida moddiy yordamlar ko‘rsatildi.Mehnatga layoqatli bo‘lgan 12 ming 375 nafar fuqarolardan 9 ming 954 nafarining bandligi ta'minlandi.Ehtiyojmand oilalarning barchasiga homiylar biriktirilib, ulardan 94 tasi IIB boshliqlari tomonidan otaliqqa olindi.
Pandemiya davrida daromad manbaini yo‘qotgan hamda ehtiyojmand oilalarning daromadini oshirish hamda bandligini ta'minlashi maqsadida O‘zbekiston Respublikasi IIVning ma'sul rahbar xodimi podpolkovnik R.Matyoqubov va Andijon viloyati IIB HPB boshlig‘ining o‘rinbosari podpolkovnik M.Mamirjonovlar boshchiligida tuman-shaharlardagi 3-sektorlar faoliyatini yaxshilash va yaqindan yordam ko‘rsatish maqsadida iqtisodiy kompleks xodimlaridan iborat ishchi guruhlari tuzilib, ularga 128 nafar iqtisodiy kompleks xodimlari biriktirildi.
“Temir daftar”ga kiritilgan oilalarning daromadini oshirish maqsadida IIB boshliqlarining sektorlari kesimida 3 ming 72 ta loyihalar asosida ehtiyojmandlarning bandligini ta'minlash yuzasidan manzilli ro‘yxatlari shakllantirib olindi.
Jumladan, “Iqtisodiy kompleks”da 1 ming 814 ta loyihalarning amalga oshirilishi hisobiga 3 ming 905 ta, “Investisiya kompleks”ida 138 ta loyihalarning amalga oshirilishi hisobiga 2 ming 60 ta, “Qishloq xo‘jaligi kompleks”ida 1 ming 77 ta loyihalarning amalga oshirilishi hisobiga 3 ming 361 ta hamda “Qurilish kompleks”ida 43 ta loyihalarning amalga oshirilishi hisobiga 916 ta kambag‘al oilalarning bandligini ta'minlanadi.
Pandemiya davrida daromad manbaini yo‘qotgan hamda ehtiyojmand oilalarni bandligini ta'minlash orqali oilalar daromadini oshirish va kambag‘allikni qisqartirish borasida 3-sektor rahbarlari va mas'ul xodimlari tomonidan amaliy ishlar davom ettirilmoqda.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati