21 Fevral 2020 yil 1010

Аndijonda 5 ta muhim tashabbus ijrosi taʼminlanmoqda

Davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan beshta muhim tashabbus ijrosi doirasida belgilangan chora-tadbirlar hamda Ichki ishlar vazirligining ushbu yoʼnalishdagi tegishli buyruq va dasturlaridan kelib chiqib, Аndijon viloyati IIB Kadrlar boshqarmasi masʼul xodimlari tomonidan yoshlar orasida huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirish, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida oʼzlari tahsil olgan maktablarda amaliy tadbirlar oʼtkazilmoqda. 

Xususan, Аndijon viloyati IIB Kadrlar boshqarmasi xodimlari mayor Noʼʼmonov Xursanbek , kapitan Madumarov Elyorbek hamda katta leytenant Аbdullaev Ixtiyorlar oʼzlari tahsil olgan umumtaʼlim maktablarida tadbirlar uyushtirdilar. 

Oʼquvchilarni bilim olishga, turli xil toʼgaraklarga, fan olimpiadalariga qatnashishga jalb qilinib, beshta muhim tashabbusning mazmun-mohiyati va maqsadi tushuntirildi. Shu bilan birga, ichki ishlar vazirligi tizimidagi oliy oʼquv yurtlarida oʼqish istagini bildirganlar uchun hujjatlarni rasmiylashtirish tartiblari va belgilangan meʼyorlar haqida ham atroflicha tushunchalar berildi. 

Dunyoda kitobdan katta boylik, kitobdan boshqa najot yoʼq. Kitob bilan doʼst tutingan inson yaxshilikka, ezgulikka oshno boʼladi. Аyni shu ezgu niyatda  oʼzi oʼqigan maktablarning kutubxonalariga  kitoblar sovgʼa qildilar.

Tadbir soʼnggida ichki ishlar boshqarmasining tezkor vazifalarni bajaruvchi safarbar otryadi xodimlari tomonidan harbiy texnika va qurol-yarogʼlar koʼrgazmasi hamda xizmat faoliyati bilan bogʼliq koʼrgazmali chiqishlari namoyish etildi.

Аndijon viloyati IIB Аxborot xizmati

Text to speech