Аndijonda 6-8 aprel kunlari 671 ta bemaqsad boshqarib yurilgan velosiped va mototransport vositalari aniqlandi
Andijon shahrida maqsadsiz mototransport hamda velosipedlarda belgilangan cheklovlarni buzib harakatlanayotgan fuqarolarni aniqlash maqsadida viloyat IIB sohaviy xizmatlari hamda milliy gvardiya xodimlari bilan hamkorlikda tuzilgan 10 ta ishchi guruhi tomonidan 2020 yilning 6-8 aprel kunlari o‘tkazilgan reyd tadbirlarida jami 671 ta holat aniqlandi. Bemaqsad boshqarib yurilgan velosiped va mototransport vositalari vaqtinchalik jarima maydoniga olib kirildi.
Shu o‘rinda fuqarolarga shuni eslatib o‘tmoqchimizki, ko‘chaga bemaqsad chiqqan fuqarolarga tegishli velosiped va skuterlar olib qo‘yiladi. Velosiped va skuterlar ichki ishlar organlarida karantin tugaguncha saqlanadi, bunda kunlik to‘lov undirilmaydi, karantin tugagandan keyin fuqaro shaxsini tasdiqlovchi hujjat bilan kelib ularni olib ketishi mumkin.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati.