Andijonda aylanma yo‘llar orqali respublikamiz hududiga noqonuniy olib kirilgan ko‘p miqdordagi pirotexnika vositalari ushlandi
O‘zbekiston Respublikasida pirotexnika vositalaridan maishiy maqsadlarda foydalanish jismoniy shaxslar uchun ham, yuridik shaxslar uchun ham taʼqiqlangan. Shunga qaramay, pirotexnika vositalarini respublikamiz hududiga noqonuniy ravishda olib kirishga bo‘lgan urinishlar uchrab turibdi.
Xususan, O‘zbekiston Respublikasi IIV, Andijon viloyati IIB TQX Terrorizmga qarshi kurashish boshqarmasi hamda boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida, 1987-yilda Namangan viloyatida tug‘ilgan I.M o‘zinig boshqaruvidagi “KAPTIVA” rusumli avtotransport vositasida Andijon viloyatining Izboskan tumani, To‘rtko‘l MFY hududiga kelib, aylanma yo‘llar orqali respublikamiz hududiga noqonuniy olib kirilgan ko‘p miqdordagi pirotexnika vositalarini sotayotgan vaqtida ushlandi.
Ushbu pirotexnika vositalari daliliy ashyo tariqasida olindi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati