Аndijonda hamtovoq ogʼufurushlar qoʼlga tushdi
2020 yilning 02 may kuni "Qoradori-2020" tadbirining 1-bosqichi davomida Jalaquduq tumani IIB xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazildi. Tezkor tadbir davomida tumanning Qashqar mahallasida yashovchi fuqaro Q.A holis haridorga 500.000 so‘m pul evaziga shu mahallada yashovchi fuqaro G‘.R.dan umumiy og‘irligi 1,6 gramm “Gashish” giyohvandlik moddasini olib kelib sotayotgan vaqtida ushlandi. Fuqarolar Q.A va G‘.R.lar bilan olib borilgan profilaktik tushuntirish ishlari davomida G‘.R. 36.8 gramm “Marixuana”, Q.A. esa 0,2 gramm “Gashish” giyohvandlik moddasini taqdim qildi.
Ushbu holat yuzasidan 2020 yilning 03 may kuni Jalaquduq tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati