Andijonda qarovsiz qoldirilgan velosipedlarni o‘g‘irlagan shaxslar aniqlandi
2020 yilning 25 aprel kuni tongi soat 03:00dan 04:00ga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida noma'lum shaxs tomonidan Andijon shahri, 5-kichik dahada joylashgan ko‘p qavatli uyning 1-yo‘lagida qarovsiz holatda qoldirilgan fuqaro R.S.ga tegishli bo‘lgan narxi 870.000 so‘mga teng bo‘lgan bir dona “Uzvelo” rusumli velosiped hamda uyning 2-yo‘lagida fuqaro U.B.ga qarashli narhi 1.000.000 so‘mdan jami 2.000.000 so‘mlik ikki dona “Uzvelo” rusumli velosipedlar yashirin ravishda o‘g‘irlab ketilgan.
Mazkur holat yuzasidan Andijon shahar ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilib,25 aprel' kuni noma'lum shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘irlik) 2-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Andijon shahar ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi hamda viloyat IIB patrul'-post xizmati va jamoat tartibini saqlash boshqarmasi xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv ishlari natijasida velosipedlarni o‘g‘irlagan shaxslar aniqlanib ushlandi.Ular Andijon shahrida yashovchi yashovchi S.X , J.O hamda Asaka tumanida yashovchi A.Sh.lar bo‘lib chiqdi. Ulardan 3 dona velosipedlar daliliy ashyo tariqasida olindi. Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati