15 May 2020 yil 1004

Аndijonda “Damas” olib qochgan fuqaro qoʼlga olindi

2020 yil 11 may kuni soat 13:00 larda Xo‘jaobod tumanida yashovchi fuqaro A.X  o‘ziga avvaldan tanish bo‘lgan  fuqaro J.S.ning “Damas” rusumli  avtomashinasini Jalaquduq tumani,  Dostonobod MFYda  J.S.ning savdo do‘koniga kirib ketganidan foydalanib, transport vositasini noma'lum tomonga xaydab olib qochib ketgan.

Mazkur holat yuzasidan Jalaquduq tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi (Transport vositasini olib qochish)1-kismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv ishlari natijasida, S.J.ga tegishli “Damas” rusumli avtomashina Farg‘ona shahri, Beruniy MFY, Marg‘iloniy ko‘chasi xududidan soz xolda topilib, o‘z egasiga qaytarildi.

Ushbu harakatni sodir etgan fuqaro A.X JPKning 221-moddasi tartibida ushlangan. Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmokda.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech