Andijonda “dorifurushlar” kirdikorlari fosh etildi
Andijon viloyati IIB JQB Giyohvandlik vositalari bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida Paxtaobod tumani yashovchi fuqaro M.S.ning yoni ko‘zdan kechirilganida 2 dona “Tropikamid” nomli kuchli taʼsir etuvchi dori vositalari borligi maʼlum bo‘ldi. Surishtiruv ishlari davomida fuqaro M.S mazkur dori vositalarini 325000 so‘m pullar evaziga Andijon shahrida yashovchi fuqaro M.N.dan sotib olganligi aniqlandi.
Tadbir davomida M.N.ning yashash xonadonidan 11 dona “Tropikamid 10 ml”, 9 dona “Tropikamid 5 ml” 18 dona “Lirika” va 8 dona “Regapen” nomli kuchli taʼsir etuvchi dori vositalari olindi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan dastlabki hujjatlar rasmiylashtirilib, tezkor-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati