13 Oktyabr 2020 yil 953

“Andijonda yopib yuborilgan sharmandali holat” sarlavhasi bilan tarqalgan videomurojaat yuzasidan rasmiy munosabat

2020 yil 11 oktyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda “Andijonda yopib yuborilgan sharmandali holat” sarlavhasi bilan videomurojaat tarqaldi. Ushbu videomurojaatda  o‘quvchilar o‘rtasidagi besoqolbozlik jinoyati berkitilayotganligi xaqida so‘z yuritilgan. Mazkur videomurojaatda aks etgan holatlarga oydinlik kiritish maqsadida Andijon viloyati IIB mas'ul xodimlari tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi.

Aniqlanishicha, fuqaro G.M o‘zining og‘zaki ravishda yo‘llagan murojaatida, 2020 yilning bahor oylarida Andijon shaxar XTBga qarashli 15-sonli umumta'lim maktabining 9-sinf o‘quvchilari S.H, S.M, R.J va Yu.N.lar “kley” hidlashib, giyohvandlik hamda boshqa psixotrop moddalarni iste'mol qilishib, besoqolbozlik qilganliklarini va bu ahloqsizliklarga  hamda nazoratni amalga oshirmagan maktabning mas'ul rahbarlariga nisbatan qonuniy chora ko‘rilishini so‘ragan.

Fuqaro G.M.ning og‘zaki arizasi Andijon shahar bo‘yicha IIO FMB navbatchilik qismining 21.06.2020 yil kuni №384-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilib, Andijon shahar bo‘yicha IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilgan.

Tergovga qadar tekshiruv davomida, 15-sonli umumta'lim maktabining yuqorida sanab o‘tilgan o‘quvchilarining ota-onasi ishtirokida ulardan holat yuzasidan tushuntirish hatlari olingan. Ular bunday holatlar bo‘lmaganligini ma'lum qilishgan.

Bundan tashqari 9-sinf o‘quvchilariga 22.06.2020 yil kuni sud-tibbiy hamda norkologik ekspertizalari tayinlanib o‘tkazilgan.

02.07.2020 yil kuni sud-tibbiy ekspertiza xulosalari olinib, ish hujjatlariga qo‘shilgan. Ekspertiza xulosalarida ya'ni, “orqa peshovida jarohati topilmadi, uni og‘iz bo‘shlig‘i, orqa peshovidan olingan tamponlarda spermatozoidlar topilmadi” deb xulosa berilgan.

Sud-narkologik ekspertizasi xulosasiga ko‘ra “giyoxvandlik kasalligi bilan og‘rimaydi, va u majburiy davolanishga muxtoj emas” deb xulosa berilgan.

Fuqaro G.M.ning o‘z ariza va ko‘rsatuvlarida maktab o‘quvchilarining  giyohvandlik hamda boshqa psixotrop moddalarni iste'mol qilishib,   besoqolbozlik qilganliklari bayon qilingan bo‘lsada, ushbu  holat bo‘yicha o‘tkazilgan sud-tibbiy, sud-narkologik ekspertiza xulosalari hamda boshqa tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida to‘plangan dalillar bilan o‘z tasdig‘ini topmagan.

 Shunga ko‘ra fuqaro G.M.ning og‘zaki arizasida ko‘rsatilgan holatlar tasdig‘ini topmaganligi sababli, 21.07.2020 yil kuni O‘zbekiston Respublikasi JPKning 83-moddasi 2-bandiga asosan jinoyat ishini qo‘zg‘atish rad etish qarori qabul qilingan.

 

 Andijon viloyati IIB Axborot xizmati  

Text to speech