3 Aprel 2020 yil 1060

Andijonda eshik qulfini buzib o‘g‘irlik qilganlarга jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

2020 yilning 30 mart kuni Qo‘rg‘ontepa tumani IIBga fuqaro T.A nomidan Mustaqillik MFYda yashovchi Q.Sh.ning yashash uyida o‘g‘irlik sodir etilganli to‘g‘risida ariza kelib tushadi. Voqea joyi borib o‘rganilganda noma'lum shaxslar  xonadon eshigining qulfini buzish yuli orkali kirishib, uy ichida bo‘lgan 1 dona muzlatgichi va 1 dona kir yuvish mashinasini ug‘irlab ketishganligi ma'lum bo‘ldi. Tuman IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor qidiruv ishlari natijasida, ushbu jinoyatni Qo‘rg‘ontepa tumanida yashovchi voyaga yetmagan fuqarolar X.D va S.S sodir etganligi aniqlandi.  

Ma'lum bo‘lishicha, voyaga yetmagan X.D va S.S.lar oldindan jinoiy til biriktirib,Qo‘rg‘ontepa tumani Mustaqillik MFYda istiqomat qiluvchi fuqaro  Q.Sh.ning uyiga darvoza qulfini buzish yo‘li orqali g‘ayriqonuniy ravishda kirishib, 1 dona narxi 1.200.000 so‘mlik “Seretti” nomli muzlatgich va 1 dona narxi 1.000.000 so‘mlik “Artel” nomli kir yuvish mashinasini yashirin ravishda talon-toroj qilishgan. Shuningdek,ushbu o‘g‘irlik yo‘li bilan qo‘lga kiritilgan  buyumlarni S.Q  va I.B.larga o‘g‘irlangan buyum ekanligini aytmagan holda 1.135.000 so‘m naqd pulga sotib, pullarni o‘zlarining  ehtiyojlari uchun sarflab yuborganlar.

Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida muzlatgich va kir yuvish mashinasi S.Q  va I.B.lardan xolislar ishtirokida daliliy ashyo tariqasida bayonnoma orqali olingan.Mazkur holat yuzasidan Qo‘rg‘ontepa tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi (uy-joy, omborxona yoki boshqa xonaga g‘ayriqonuniy ravishda kirib sodir etilgan o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.  

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech