Andijonda yoshlarni ichki ishlar organlari sohasi bilan yaqindan tanishtirishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlari bo‘lib o‘tdi
Joriy yilning 24-25 fevral kunlari IIV Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash departamenti hamda Andijon viloyati IIB Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati rahbariyati bilan hamkorlikda yoshlarni bugungi kunda ichki ishlar organlari sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va xodimlarga yaratilayotgan imkoniyatlar bilan yaqindan tanishtirish maqsadida uchrashuv muloqotlar o‘tkazildi.
Xususan, viloyatning 3 ta oliy taʼlim muassasasi hamda chegara hududlarda yashovchi maktab o‘quvchilari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvlarda ichki ishlar organlari xizmatiga qabul qilishning yangi tartib qoidalari va bugungi kunda xodimlarga yaratilayotgan shart-sharoitlar to‘g‘risida batafsil tushunchalar berib o‘tildi. Ichki ishlar tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar va xodimlar uchun ko‘rsatilayotgan imtiyoz-rag‘batlar aks ettirilgan videoroliklar ham namoyish etilib, talaba va maktab o‘quvchilarida katta qiziqish uyg‘otdi.
O‘tkazilgan uchrashuv tadbirlarida talaba va maktab o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirayotgan savollariga mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar oldilar.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati